Korxonaning “Ammofos-3” sexida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Mashg‘ulot davomida kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda — ammiak to‘kilishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda sex ishchi-xodimlari hamda fuqaro muhofazasi tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladigan tezkor harakatlar va bartaraf etish ishlari amaliy tarzda namoyish etildi.
O‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlarda harakatlarni muvofiqlashtirish, xavfsizlik choralarini mustahkamlash hamda xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati