Milliy liboslar kuni
O‘zbek milliy liboslarining betakror go‘zalligini namoyon etish, qadimiy madaniyatimiz va an’analarimizni keng targ‘ib qilish maqsadida mamlakatimizda “Milliy liboslar kuni” e’lon qilindi.
Ushbu tashabbus xalqimizning boy urf-odatlarini asrash, ularga hurmat bilan qarash va kelajak avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Milliy kiyimlar esa xodimlarimizga yangicha ruh, ilhom va faxr bag‘ishlab, asriy qadriyatlarga bo‘lgan ehtiromni yanada mustahkamlamoqda.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati