Siyosiy-ma’rifat soati — bilim va ma’naviyat manbai!
“Ammofos-Maxam” AJ xodimlari har juma kuni o‘tkaziladigan “Siyosiy-ma’rifat soati”da faol ishtirok etmoqda. Tadbirda xodimlar mamlakatimiz va dunyoda sodir bo‘layotgan muhim siyosiy-ijtimoiy voqealar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda.
Shuningdek, har juma kuni o‘tkaziladigan “Milliy liboslar kuni”da korxona xodimlari milliy qadriyatlarni asrash va targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Milliy libos — bu nafaqat tashqi ko‘rinish, balki milliy g‘urur va vatanparvarlik ramzidir.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati