Vakolatli omborlarni tanlab olish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi
2026-yilda mineral o‘g‘itlarni qabul qilish, tushirish, tashish, omborga joylashtirish, saqlash va jo‘natish xizmatlarini tashkil etish maqsadida vakolatli omborlarni tanlab olish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov etender.uzex.uz elektron savdo platformasi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm, Navoiy, Namangan, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlari hududlari kesimida o‘tkaziladi.
Tanlov jarayoni joriy yilning 12-mart sanasidan boshlanadi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari belgilangan muddatlarda etender.uzex.uz platformasi orqali o‘z takliflarini taqdim etishlari mumkin.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati