Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
“Ammofos-Maxam” AJ tasarrufidagi “Chimyon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida ishchi-xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurtga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Shuningdek, ishchi-xodimlar o‘rtasida “Vatan haqida eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi tashkil etildi.
Xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida voleybol va futbol bo‘yicha sport musobaqalari ham o‘tkazildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati