Yong‘in xavfsizligi oyligi davom etmoqda!
“Ammofos-Maxam” AJda yong‘in xavfsizligini mustahkamlash maqsadida OYoXTTEB inspektorlari va 41-YoQQ shaxsiy tarkibi bilan hamkorlikda sex va uchastkalarda keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
 Tadbirlarning asosiy yo‘nalishlari:
 • Yong‘in xavfini kamaytirish choralarini ko‘rish;
 • Xodimlarga xavfsizlik qoidalarini yetkazish;
 • Favqulodda vaziyatlarning oldini olish.
 
Har bir xodimning hushyorligi korxona xavfsizligining kalitidir.
Yong‘in xavfsizligi – bu faqat qoidalar emas, balki har birimizning kundalik mas’uliyatimizdir!
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot markazi