Mahsulotlar saqlanishi va yetkazib berilishi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi
“Ammofos-Maxam” AJ Komplayens xizmati hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi iqtisodchisi va Ammofos-3 sexi xodimlari tomonidan jamiyat mahsulotlari saqlanayotgan vakolatli omborlarda doimiy monitoring ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu jarayon doirasida Jizzax viloyati, Do‘stlik tumanida joylashgan “Lazizbek Kimyo Biznes” MChJ vakolatli omborida mahsulotlarning joylashtirilishi, qabul qilinishi, saqlanishi va xaridorlarga yetkazib berilish jarayonlari o‘rganildi.
Monitoring davomida ombor xodimlari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Unda huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiya va firibgarlik holatlariga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish siyosati bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati