Ру O`z En

Yangiliklar

Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan tadbir o'tkazildi

Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi va 28-aprel — “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida o‘tkazilgan Respublika ko‘rik-tanlovining 1-bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.
“Ammofos-Maxam” AJ quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha faxrli o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin — Eng yaxshi kasaba uyushma tashkiloti
2-o‘rin — Eng yaxshi tashkilot
3-o‘rin — Eng yaxshi mehnat muhofazasi vakili

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech