Ру O`z En

Yangiliklar

Yer yuzining sayqali, zaminning eng qadimiy shaharlaridan biri — Rim va Afina bilan tengdosh shahar — Samarqandga unutilmas sayohat!

“Ammofos-Maxam” AJ tomonidan 100 nafar ishchi-xodimlar uchun 2025-yil 12–13-aprel kunlari Samarqand shahriga madaniy sayohat tashkil etildi.

Mazkur safar buyuk sarkarda Amir Temurning tavalludining 689 yilligi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda.

Sayohat davomida mehnatkashlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan:
– zamonaviy transport vositalari
– qulay mehmonxonalar
– sifatli ovqatlanish joylari
– malakali gid-ekskursovodlar xizmat ko‘rsatmoqda.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech