Mineral o‘g‘itlarni saqlash va jo‘natish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi omborlarni tanlab olish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

2026-yil uchun mineral o‘g‘itlarni qabul qilish, tushirish, tashish, omborga joylashtirish, saqlash hamda jo‘natish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish maqsadida vakolatli omborlarni tanlab olish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

Mazkur tanlov etender.uzex.uz elektron savdo platformasi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo va Qo‘ng‘irot tumanlari, shuningdek, Xorazm viloyatining Urganch tumani bo‘yicha o‘tkaziladi.

Tanlov jarayoni joriy yilning 7-sentyabridan 14-sentyabrigacha amalga oshiriladi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari belgilangan muddatlarda etender.uzex.uz elektron savdo platformasi orqali o‘z takliflarini taqdim etishlari mumkin.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech