Faol yoshlar bir davrada jamlandi

Olmaliq shahrida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Unda korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yoshlar, jumladan, “Ammofos-Maxam” AJ yoshlari ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Shuningdek, yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida “Zakovat” bellashuvi tashkil etildi.

Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech