“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o'tkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan ochiq muloqot doirasida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi.

Shu munosabat bilan “Ammofos-Maxam” AJ yoshlari hamda Olmaliq shahar 2-son texnikumi talaba-yoshlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning tashabbus va takliflari muhokama qilindi, korxonada amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan ma’lumot berildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech