“Ayol qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida tadbir o‘tkazildi

“Ammofos-Maxam” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Ayol qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida korxona xotin-qizlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatdagi faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar uchun jamoaviy hamkorlik va shaxsiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan psixologik treninglar o‘tkazildi.

“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech