Jamiyatida “Xon atlas” oyligi
Xalqimizning ming yillik tarixiy merosi, urf-odat va an’analari, didi hamda estetik qarashlarini yuksak qadrlash, milliy qadriyatlarimizni boyitish maqsadida ”Ammofos-Maxam” aksiyadorlik jamiyatida “Xon atlas” oyligi yuqori uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbir doirasida bugun Kapital qurilish boshqarmasi xotin-qizlari milliy an’analarga boy qadriyatlarimizni namoyon etdilar. Milliy liboslarimiz esa xodimlarga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, asriy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamladi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati