“Mas’uliyatli ota-onalik” onlayn ta’lim platformasi
“Ammofos-Maxam” AJda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyasiga muvofiq, korxona ishchi-xodimlariga “Mas’uliyatli ota-onalik” onlayn ta’lim platformasidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur platforma ota-onalar hamda bo‘lajak ota-onalar uchun farzand tarbiyasi, oilaviy munosabatlar, sog‘lom turmush tarzi va boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha foydali hamda amaliy bilimlarni taqdim etadi.
“Ammofos-Maxam” AJ Matbuot xizmati